Hindistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Hindistonda koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Hindistonning Nagpur shahrida koronavirus bilan kasallanganlar davolanayotgan kasalxonada yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi mahalliy Hindustan Times gazetasi.

Favqulodda vaziyatlar xizmatlarining malumotlariga ko‘ra, yong‘in binoning birinchi qavatida yuzaga kelgan, tutun tezda reanimasiya bo‘limi joylashgan ikkinchi qavatga tarqalib ketgan.

Shifoxona xodimlari fidoyilik bilan quyuq tutun bilan to‘ldirilgan ikkinchi qavatdan bemorlarni olib chiqishni boshlashgan, ammo o‘nta bemorning atigi oltitasi saqlab qolingan.

Hammasi bo‘lib 27 nafar bemor shaharning boshqa kasalxonalariga yetkazilgan, ularning barchasi og‘ir ahvolda. Yong‘inning sabablari hali aniqlanmagan, ammo qisqa tutashuv asosiy sabab bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!