Hayosizlikning jirkanch oqibati

Hayosizlikning jirkanch oqibati

Er-xotin o‘rtasida ham hayo bo‘lishi kerak.

Saytlarda ijtimoiy muammolar haqida beriladigan savollarni o‘qib¸ hayron qolaman. Masalan, er xotini oldida bemalol jirkanch ish qilib o‘tiraveradi. Yoki o‘zim ham ko‘rganman O‘zbekistonda ba’zi erlar xotinini haqorat gaplar bilan pastga uradi, ustidan kuladi. Shu oddiy hol bo‘lib qolgan.

Er-xotin o‘rtasida hayo pardasi yirtilsa, o‘sha oila darz ketadi. Bir-birini so‘kish, qarg‘ash, kamsitish, tahqirlash ruhiy va jismoniy bosimga yuragi qilt etmay qo‘yadi.

Agar o‘rtada hayo bo‘lsa, er nafaqat tahqirlash, balki ozgina nojo‘ya gap aytishga iymanadi.

Hayo, avvalo, ayolni odam deb qarashdan, uni hurmat qilishdan kelib chiqadi. Biz hayoni tor tushunamiz. Er xotinidan nega uyalishi kerak deb faqat jinsiy uyat ma’nosida tushunamiz. Unday emas.

Hammasi tarbiyaga bog‘liq.

Sadist-mazoxist qaynonanalar va erlar ko‘paygan jamiyatda Jasliqdek jazo maskanlariga hojat yo‘q.

Fayziddin Mo‘min


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!