Hashamatli mehmonxonada koronavirus yuqtirib olgan sayyoh vafot etdi

Hashamatli mehmonxonada koronavirus yuqtirib olgan sayyoh vafot etdi

Kabo-Verdedagi hashamatli mehmonxonada koronavirusni yuqtirib olgan britaniyalik sayyoh vafot etdi.

Bu haqda “The Irish Sun”  nashri yozmoqda.

Nashrning xabar berishicha, shaxsi oshkor qilinmagan Buyuk Britaniya fuqarosi 23 mart kuni yarim tunda Sal-Rey shahridagi kasalxonada vafot etgan. Kasalxonaga yotishdan oldin u arxipelagning eng mashhur orollaridan biri bo‘lgan Boa Vishtadagi besh yulduzli “Riu Karamboa” mehmonxonasida qolgan va shu yerda infeksiyani yuqtirib olgan.

Marhumning virusga oid tekshiruvi ijobiy natija berganidan so‘ng, 640 nafar mehmonlar va 210 xodim bo‘lgan mehmonxonada karantin joriy etilgan. Shuningdek, britaniyalik bilan birga yashagan boshqa bir sayyohning sinovi koronavirus mavjudligini aniqlamagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!