Harbiylar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining  Toshkent viloyati final bosqichi o‘tkazildi

Harbiylar o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining  Toshkent viloyati final bosqichi o‘tkazildi

“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi”ning ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi bilan ilk marotaba “Ittifoq ko‘chma kubogi” tashkil etilib, Toshkent viloyatidagi harbiy qism va muassasalar yosh harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati finali bo‘lib o‘tdi.

   – Yoshlarni Vatanimiz milliy qadriyatlari, tarixiy-ma’naviy merosimizga sadoqatli qilib  tarbiyalash,  ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini unumli va sermazmun o‘tkazish, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash, mahoratini oshirish hamda ularning o‘z iqtidorlarini namoyon etishiga ko‘maklashish kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rik-tanlov yuqori saviyada tashkillashtirildi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i  mayor Akobir Nurillayev.                   

Tanlovda Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining “Quvnoq aloqachilar”, “Brigada qirollari”, “Artilleriya” jamoalari hamda Milliy gvardiya harbiy qismining “Gvardiya Lions”, Milliy gvardiya harbiy-texnik institutining “Yosh gvardiyachilar” jamoalari va Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining “Quvnoq tankchilar” jamoalari ishtirok etdi.

Tanlov ishtirokchilari uchta shart bo‘yicha bellashib, sahnada o‘z mahoratlari va iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa Milliy gvardiya harbiy-texnik institutining “Yosh gvardiyachilar” jamoasi sazovor bo‘ldi.

2-o‘rinni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining “Quvnoq tankchilar” hamda Mudofaa vazirligi harbiy qismining “Quvnoq aloqachilari” jamoalari egallashdi.

3-o‘ringa Mudofaa vazirligi harbiy qismining “Artilleriya” jamoasi loyiq topildi. Tanlovda qator nominasiyalar bo‘yicha ham eng faol ishtirokchilar aniqlandi.

G‘oliblar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashining ko‘chma kubogi, diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!