Halokatli reportaj: jurnalist ayol tasvirga olish chog‘ida vafot etdi (video)

Halokatli reportaj: jurnalist ayol tasvirga olish chog‘ida vafot etdi (video)

FOX 8 News jurnalisti Nensi Parker 23 yillik faoliyatidan so‘ng, Nyu-Orlean shahrida suratga olish paytida halokatga uchradi. Bu haqda "togri.uz" xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha,  Nensi Parker uchuvchilar haqida reportaj tayyorlash uchun murakkab havo tryuklarini bajarishda ishtirok etish vaqtida vafot etgan.

Tahminlarga ko‘ra, suratga olish jarayonida samolyot uchuvchisi  qiyin tryuklarni bajara olmagan. Natijada, jurnalist va ko‘rsatuv qahramoni-uchuvchi-kaskader voqea joyida halok bo‘lgan.

Amerika transport xavfsizligi milliy kengashi halokatdan so‘ng samolyot bortida yong‘in sodir bo‘lganini aytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!