Hali 2019 yilga nom berilgani yo‘q, yolg‘on axborotlarga ishonmang!

Hali 2019 yilga nom berilgani yo‘q, yolg‘on axborotlarga ishonmang!

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlar orqali 2019 yilning qanday nomlanishi bo‘yicha bahs munnozaralar bo‘lmoqda. Ba’zilar o‘zicha nom ham qo‘yib yubordi. Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev o‘zining telegramdagi kanalida bu masalaga munosabat bildirdi.

Uzoq yillar davomida Konstitusiya bayrami arafasida kelgusi yilga nom berilishiga ko‘nikib qolgan edik. Bu o‘ziga xos an’anaga aylangandi.

Lekin o‘tgan yildan boshlab, kelgusi yil nomi Konstitusiya bayramiga bag‘ishlangan tadbirda emas, balki Prezidentning Oliy Majlisga taqdim etadigan murojaatnomasida ma’lum qilinadigan bo‘ldi. Joriy yilda ham ana shunday murojaatnoma bo‘ladi (bu haqida Prezident o‘z nutqida ta’kidlab o‘tdi) va yil nomi ham ana shu murojaatnomada aytilishi kutilmoqda. Murojaatnoma qaysi sanada bo‘lishi hozircha ma’lum qilinmadi.

Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda tarqab yurgan yil nomi haqidagi xabarlarga ishonmang. Balki rostdan sog‘liqni saqlash sohasiga oid yil bo‘lishi ham mumkin (lekin bunaqa yil ilgari ko‘p bo‘lgan), bu menga qorong‘u. Ammo rasman yilga nom berilgani 100% yolg‘on. Bunday narsalarni oldindan ishonch bilan aytmaslik kerak.

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!