Habib Ronaldu bilan Islom dini haqida gaplashadimi?

Habib Ronaldu bilan Islom dini haqida gaplashadimi?

UFCning sobiq chempioni Habib Nurmagomedov “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi "Krishtianu Ronaldu bilan Islom dini haqida gaplashasizmi?" degan savolga javob berdi. Bu haqda “Eman Channel” YouTube kanali xabar berdi.

Habib savolga javob berarkan, har kim o‘z e’tiqodiga sodiq qolishini ta’kidladi.

“Ronaldu Islomni qabul qilishi mumkinmi? U doim aytadi: “Assalomu alaykum”, “Inshaaalloh”. U dinni tushunadi, lekin o‘z e’tiqodiga sodiq qoladi, men ham o‘z e’tiqodimga sodiq qolaman. Men odamlar bilan uchrashganimda, hech qachon: “Hey, siz qaysi dindasiz?” demayman. Bunday xatti-harakatlar musulmonchilik uchun yaxshi odat emas”, — deydi Habib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!