Habib Nurmagomedov UFCning barcha reytinglaridan chiqarib yuborildi

Habib Nurmagomedov UFCning barcha reytinglaridan chiqarib yuborildi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov ushbu tashkilotning barcha reytinglaridan chiqarib tashlandi. Bu haqda UFC rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, reytingining birinchi pog‘onasida, vazn toifasidan qat’i nazar, yengil vazn toifasida chempion Jon Jons joy oldi. Ikkinchi o‘rinda o‘rta vazn toifasida kamar sohibi Kamaru Usman, uchinchi pog‘onadan og‘ir vazn toifasining eng yaxshi vakili Stipe Miochich joylashdi. Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 15-o‘ringa joylashgan.

Shuningdek, yengil vazn toifasida chempionlik kamari vakant deb e’lon qilindi. Ushbu o‘ynalishda reytingning dastlabki uchta pog‘onasidan amerikalik sportchilar Dastin Porye, Jastin Getji va braziliyalik Charlz Oliveyra joylashgan.

Habib Nurmagomedov oxirgi jangini UFC 254 turnirida Jastin Getjiga qarshi o‘tkazib g‘alaba erishgan edi. Bahs yakuniga yetishi bilan sportchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Tashkilot rahbari Dana Uayt Habibni bir necha bor sportga qaytarishga harakat qildi. Ammo u 19 mart kuni nihoyat faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Nurmagomedov professional faoliyati davomida 29 ta bahs o‘tkazib barchasida g‘alaba erishgan. U UFCdagi debyutini 2012 yilda o‘tkazgan edi.

Avvalroq Nurmagomedov murabbiylik qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!