Gvardiola «Yuventus» taklifini rad etdi

Gvardiola «Yuventus» taklifini rad etdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Yuventus»ning jiddiy taklifiga qaramasdan pul orqasidan quvmadi.

Eurosport’ning xabar berishicha, Turin klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni jamoa bosh murabiyligida ko‘rishni istadi va u uchun yiliga 20 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lashga tayyor edi. Gvardiola esa taklifni rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018/19 yilgi mavsum «Manchester Siti» Gvardiola qo‘l ostida Premyer ligada g‘alaba qozondi. Endilikda esa jamoaning asosiy maqsadi — Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish.

Gvardiola rad javobini bergandan so‘ng Maurisio Sarri «Yuventus» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!