Gvardiola "Manchester Siti"dan yangi katta transfer so‘radi

Gvardiola "Manchester Siti"dan yangi katta transfer so‘radi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarim himoyachi Florian Virsni jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu 20 yoshli futbolchi ayni damda Bundesligada peshqadamlik qilayotgan “Bayer”da yaxshi harakat qilmoqda. Virts - "dorichilar" ning asosiy o‘yinchilaridan biri.

Todofichajes Gvardiola tarkibni kuchaytirish uchun Virsni tanlagani haqida gapirdi. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 100 million yevroga baholamoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda Florian 30 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!