Go‘sht 28 000 so‘mdan 48 000 so‘mgacha... Mamlakatimizning eng arzon va eng qimmat bozorlari ro‘yxati

Go‘sht 28 000 so‘mdan 48 000 so‘mgacha... Mamlakatimizning eng arzon va eng qimmat bozorlari ro‘yxati

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududiy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi (2019 yil 19 mart holatiga 1 kg. so‘mda). Bu haqda Kun nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, mol go‘shtining eng qimmati Toshkent shahridagi Eski jo‘va dehqon bozori , Oloy dehqon bozori , Mirobod dehqon bozori da - 45 ming so‘m. Eng arzoni Nukus ( Nukus dehqon bozori ) va Toshkentda ( Mirobod dehqon bozori , Farhod dehqon bozori , Qo‘yliq dehqon bozori ) - bir kilogrammi 28 ming so‘m.

Qo‘y go‘shtining eng qimmati Toshkentdagi Eski jo‘va dehqon bozori , Oloy dehqon bozori , Farhod dehqon bozori da (48 ming so‘m). Eng arzoni Buxoro shahridagi Buxoro markaziy dehqon bozori va Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozori da (30 ming so‘m).

Kartoshkaning eng qimmati Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozori da (5000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi Eski jo‘va dehqon bozori , Oloy dehqon bozori , Farhod dehqon bozori , Qo‘yliq dehqon bozori da (1200 so‘m).

Piyozning eng qimmati Toshkent shahridagi Oloy dehqon bozori , Mirobod dehqon bozori da (2500 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi Farhod dehqon bozori , Mirobod dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori da (500 so‘m).

Sabzining eng qimmati Toshkent shahridagi Oloy dehqon bozori va Mirobod dehqon bozori da (4000 so‘m). Eng arzoni Namangan shahridagi Namangan chorsu dehqon universal bozori , Farg‘ona shahridagi Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori da (1000 so‘m).

Tuxumning eng qimmati (10 dona) Toshkent shahridagi Oloy dehqon bozori , Farhod dehqon bozori da (8000 so‘m). Eng arzoni Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozori da (3300 so‘m).

Guruchning eng qimmati Nukus shahridagi Nukus dehqon bozori , Guliston shahridagi Guliston dehqon bozori , Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozori Qo‘yliq dehqon bozori da (15 000 so‘m). Eng arzoni Nukus shahridagi Nukus dehqon bozori , Guliston shahridagi Guliston dehqon bozori da (5000 so‘m).

O‘simlik yog‘ining eng qimmati Andijon shahridagi Andijon shahar markaziy dehqon bozori , Jizzax shahridagi Jizzax markaziy dehqon bozori , Eski shahar dehqon bozori , Qarshi shahridagi Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori , Samarqand shahridagi Temiryo‘l dehqon bozori , Damariq dehqon bozori , Farg‘ona shahridagi Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori , Toshkent shahridagi Oloy dehqon bozori , Farhod dehqon bozori , Mirobod dehqon bozori da (12 500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi Farhod dehqon bozori da (7600 so‘m).

Shakarning eng qimmati Nukus shahridagi Nukus dehqon bozori , Andijon shahridagi Yangi bozor dehqon bozori , Andijon shahar markaziy dehqon bozori , Buxoro shahridagi Buxoro markaziy dehqon bozori , Jizzax shahridagi Jizzax markaziy dehqon bozori , Eski shahar dehqon bozori , Qarshi shahridagi Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori , Navoiy shahridagi Saxovat bozori , Namangan shahridagi Namangan chorsu dehqon universal bozori , Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozori , Temiryo‘l dehqon bozori , Damariq dehqon bozori , Termiz shahridagi Termiz shahar oziq-ovqat bozori , Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori , Farg‘ona shahridagi Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozori , Urganch shahridagi Urganch markaziy dehqon bozori da (5500 so‘m). Eng arzoni Toshkent shahridagi Eski jo‘va dehqon bozori , Oloy dehqon bozori , Farhod dehqon bozori , Qo‘yliq dehqon bozori , Mirobod dehqon bozori da (4500 so‘m).

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste’mol narxlari ma’lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!