Gulistonda yirik yong‘in. 8 ta 2 qavatli do‘kon yonib ketdi

Gulistonda yirik yong‘in. 8 ta 2 qavatli do‘kon yonib ketdi

Shu yilning 20 dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan 2 qavatli 8 ta kiyim-kechak savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 180 kv.m. maydonida do‘konlarning shift, tom va ichki qismlari yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Yong‘in elektr simlarini qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!