Gruziyada muxolifatchi partiya rahbari Nika Meliya hibsga olindi. Maxsus kuchlar u bir haftadan buyon yashirinib o‘tirgan ofisga bostirib kirdi

Gruziyada muxolifatchi partiya rahbari Nika Meliya hibsga olindi. Maxsus kuchlar u bir haftadan buyon yashirinib o‘tirgan ofisga bostirib kirdi

Gruziya polisiyasi «Yagona milliy harakat» (YMH) muxolifat partiyasi yetakchisi Nikanor Meliyani hibsga oldi. U 2019 yilda tartibsizliklar uyushtirganlikda va Gruziya parlamentiga qilingan hujumda ishtirok etganlikda ayblanmoqda, deb yozadi Meduza.

Gruziyada muxolifatchi partiya rahbari Nika Meliya hibsga olindi. Maxsus kuchlar u bir haftadan buyon yashirinib o‘tirgan ofisga bostirib kirdi

Nika Meliya

Foto: «RIA Novosti»

Xabarga ko‘ra, 23 fevral kuni ertalab maxsus kuchlar Meliya va uning tarafdorlari yashiringan partiya idorasi eshigini buzib kirgan. Operasiyada yuzlab polisiyachilar ishtirok etgan. Partiya rahbarini hibsga olish mobaynida polisiya ko‘zni yoshlatuvchi gazdan foydalangan. Qo‘lga olingan muxolifotchi zirhli mashinada olib ketilgan.

Shuningdek, asosan, muxolifat tarafdorlaridan iborat bo‘lgan 21 kishi partiya ofisi oldida hibsga olingan. Ular polisiyaning qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikda ayblanmoqda.

Gruziya Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, maxsus operasiya davomida polisiya munosib kuch va qonunda nazarda tutilgan maxsus vositalardan foydalangan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi esa operasiyadan so‘ng 17 kishi tibbiy yordamga muhtojligini xabar qilgan.

Ta’kidlanishicha, mamlakatning turli muxolif partiyalari rahbarlari 23 fevral kuni Gruziya hukumati yonida Nika Meliyaning hibsga olinishiga qarshi norozilik aksiyasini o‘tkazmoqchi.

17 fevral kuni Tbilisi sudi prokuraturaning Meliyani hibsga olish to‘g‘risidagi arizasini qondirgan edi. O‘sha kundan beri muxolifatchi YMH partiyasining ofisida yashiringan. 18 fevral kuni polisiya uni hibsga olishga urinib ko‘rgan, ammo partiya ofisi yoniga yig‘ilgan 200 ga yaqin kishi polisiyaga qarshilik qilgan.

Ma’lumot uchun «Yagona milliy harakat» partiyasi gruziyalik siyosat arbobi Mixail Saakashvili tomonidan tashkil etilgan. U partiyani boshqarish davomida hokimiyatga egalik qilib kelgan, ammo 2012 yilgi parlament saylovlarida partiya biznesmen Bidzina Ivanishvili tomonidan asos solingan «Gruziya orzusi» ittifoqiga yutqazgan. Shundan so‘ng BMH muxolifotga aylandi va Saakashvilining o‘zi mamlakatni tark etdi. O‘shandan beri «Gruziya orzusi» hokimiyatni boshqarib keladi.

Avvalroq Nika Meliyaning hibsga olinishi yuzasidan kelib chiqqan ziddiyatlar tufayli Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya o‘z lavozimidan ketishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Gaxariya jamoadagi ziddiyatlarni kelgusida mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishidagi va inqirozlarni yengib o‘tishdagi xavf deb atagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!