Gripp infeksiyasi koronavirusga qanday ta’sir qiladi?

Gripp infeksiyasi koronavirusga qanday ta’sir qiladi?

Kuz-qish mavsumida keng tarqaladigan gripp infeksiyasi koronavirusni yanada kuchaytirib yuboradi. Bu haqda biologiya fanlari doktori, Jorj Meyson Universiteti (AQSh) professori Ancha Baranova ma’lum qildi.

Biroq, bu gripp virusining koronavirusga o‘tishi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan olim. Uning fikriga ko‘ra, ular ikkita mutlaqo boshqacha viruslar bo‘lib, hech qanday tarkibiy qismlarini almashtira olmaydilar. Shunchaki, odam tanasiga qo‘shaloq yuk tushadi.

«Shuningdek, koronavirusdagi mutasiyalar xavotirga sabab bo‘lmoqda. Endi nafaqat D614G, balki yangi mutasiyalar ham tavsiflanmoqda. Ular bundan ham yomon. Invitro tajribasi shuni ko‘rsatdiki, ularni dastlab mavjud bo‘lgan virusga qarshi antitanalar bilan zararsizlantirish mumkin emas», dedi Baranova. 

Doktorning xulosasiga ko‘ra, bu yaratilayotgan vaksinalarga ham katta tashvish tug‘diradi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!