Gresiyada Olimpiya mash’alasi tomoshabinlarsiz yoqildi

Gresiyada Olimpiya mash’alasi tomoshabinlarsiz yoqildi

Mazkur tadbir tomoshabinlarsiz o‘tdi. Unda faqat rasmiylar - Prezident Katerina Sakellaropulu, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax, Gresiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Spiros Kapralos va boshqalar ishtirok etishdi.

Mash’ala yoqish marosimi YouTube da namoyish etildi. Olimpiya mash’alasini birinchi bo‘lib chang‘ichi Ioannis Antoniu ko‘taradi.

Mash’ala Qadimgi Olimpiya stadionidan zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi fransuz baron Per de Kubertin haykaliga olib boriladi.

U kechasi Afina Akropoliga olib boriladi va 19 oktyabr kuni Xitoy delegasiyasiga topshiriladi. Gresiyada mash’ala estafetasi COVID-19 pandemiyasi bois cheklovlar tufayli o‘tkazilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Qishki Olimpiada o‘yinlari 2022 yil 4-20 fevral kunlari Pekinda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!