Gresiyada kuchli zilzila yuz berdi

Gresiyada kuchli zilzila yuz berdi

Gresiya janubida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Yevropa O‘rtayer dengizi seysmologik markazi o‘z saytida.

Zilzila bugun, 29 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:12da qayd etilgan. Epimarkazi taxminan 168 ming kishi istiqomat qiluvchi Patra shahridan 122 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 17 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Ehtimoliy qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!