Google Isroil bilan tuzilgan shartnomaga qarshi ish tashlash uyushtirgan 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi

Google Isroil bilan tuzilgan shartnomaga qarshi ish tashlash uyushtirgan 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi

Google kompaniyasi bulutli hisoblash bo‘yicha Isroil bilan tuzilgan shartnomaga qarshi ish tashlash uyushtirgan 28 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda 18 aprel, payshanba kuni The Washington Post gazetasi xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, aksiyalar kompaniyaning Nyu-York va Sanniveyldagi (Kaliforniya, AQSh) ofislarida bo‘lib o‘tgan. Xodimlar ish tashlashdan keyingi kun ishdan bo‘shatish haqida elektron pochta orqali xabar olishdi va kompaniya qaroridan hayratda qolishdi.

Kompaniya vakillarining gazetaga aytishicha, namoyishchilar boshqa odamlarning ishiga va harakatiga aralashgan, bu esa korporativ qoidalarni buzish hisoblanadi, deb xabar beradi iz.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!