Gonkongdagi marafonda bir sportchi vafot etdi

Gonkongdagi marafonda bir sportchi vafot etdi

Gonkongdagi Standard Chartered marafonida qatnashgan 30 yoshli sportchi vafot etdi.

Yuguruvchi metro bekati platformasiga qulab tushdi va kasalxonada vafot etdi. Yana 842 kishi turli tan jarohatlari oldi.

30 yoshli sportchi Tin Xau stansiya platformasiga yiqilib tushdi va Ruttondji kasalxonasiga yetkazilganidan keyin vafot etdi, deb xabar berdi RTHK.

Gonkong yengil atletika assosiasiyasi voqeadan afsusda ekanligini va qurbonning oilasiga hamdardlik bildirgan.

Marafon davomida, shuningdek, 842 kishi jarohatlangan, ulardan kamida 39 nafari shifoxonalarga yuborilgan.

10 km masofaga poygada ishtirok etayotgan erkak marraga oz qolganda hushini yo‘qotdi. Tibbiy xizmat ma’lum qilishicha, erkakning yuragi ma’lum bir vaqtda urishdan to‘xtagan, ammo kasalxonaga kelganida uning ahvoli yaxshilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!