Gonkong hukumati namoyishlarga sabab bo‘lgan ekstradisiya to‘g‘risidagi qonun qabulini to‘xtatdi

Gonkong hukumati namoyishlarga sabab bo‘lgan ekstradisiya to‘g‘risidagi qonun qabulini to‘xtatdi

Gonkong ommaviy namoyishlarni keltirib chiqargan ekstradisiya to‘g‘risidagi qonunga qo‘shimchalar kiritishni to‘xtatib turibdi.

«South China Morning Post» gazetasining xabar berishicha, bunday qarorga Xitoy rahbariyati yig‘ilishining natijasida kelingan.

  • Bu qonun muayyan davlat qonun-qoidalarini buzgan shaxsni shu davlatga topshirishni ko‘zda tutadi. Gonkongdagi qonun loyihasi gumonlanuvchilarni Xitoyga ekstradisiya qilish huquqini beradi. Gonkongliklar shundan xavotirlanishayapti, namoyishchilar qonun ularning huquqlarini himoyalashni kafolatlamaydi deyishmoqda.
  • Gonkongda yuz minglab odam so‘nggi haftada har kuni norozilik bildirib namoyishga chiqqan. Eng ommaviy namoyishda bir millionga yaqin odam ishtirok etgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!