Giyohvand moddalar karteli rahbari "Osiyolik El Chapo" qo‘lga olindi

Giyohvand moddalar karteli rahbari "Osiyolik El Chapo" qo‘lga olindi

Niderlandiya polisiyasi dunyodagi eng qidirilayotgan jinoyatchilardan biri - yirik giyohvand moddalar kartelining boshlig‘i, asli kelib chiqishi xitoylik Kanada fuqarosi Se Chi Lopni ("Osiyolik El Chapo") hibsga oldi, deb xabar bermoqda “NL Times” mahalliy nashri.

Aytilishicha, 57 yoshli Se Chi Lop 70 milliard dollarlik giyohvand moddalar kartelining rahbari bo‘lib, asosan, giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadi.

Avstraliya polisiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, u mamlakatga kiradigan barcha giyohvand moddalarning 70 foiziga javobgar.

"Se Chi Lop Pablo Eskobar bilan bir xil darajadagi odamdir", demoqda Jeremi Duglas BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) nomidan.

"Osiyolik El Chapo" Avstraliya rasmiylari talabiga binoan hibsga olingan. Interpol uni 2019 yildan beri qidirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!