Germaniyadagi festivalda 300 ga yaqin odam zaharlandi

Germaniyadagi festivalda 300 ga yaqin odam zaharlandi

Shtutgart bahor festivalidan keyin zaharlanish belgilari bilan 300 ga yaqin odam shifokorlarga murojaat qilgan.

Shtutgartdagi festival mehmonlari oziq-ovqat do‘konlariga tashrif buyurganlaridan keyin qusish, diareya va ko‘ngil aynishdan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Stuttgarter Zeitung nashri xabar berdi.

Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari allaqachon festival o‘tkazilgan joyga yetib borgan va zudlik bilan mehmonlarning sog‘lig‘i yomonlashishi sabablarini izlamoqda. Mehmonlar nima bilan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida aniq shubhalar yo‘q. Joyda texnik va gigiyenik kamchiliklar aniqlanmadi. Bo‘lim xodimlari oziq-ovqat namunalarini olishdi, ular hali baholanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!