Germaniyada yuk mashinasi odamlar to‘la avtobusga urildi

Germaniyada yuk mashinasi odamlar to‘la avtobusga urildi

Germaniyaning Langenxagen shahrida yuk mashinasi yo‘lovchilar bilan to‘la avtobusni urdi. To‘rt nafar bola yaralandi, bir kishi voqea joyida vafot etdi, deb yozadi “TASS” nemis matbuotiga tayanib.

Baxtsiz hodisa 9 avgust kuni taxminan 18:20 (Toshkent vaqti bilan 21:20) da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa svetoforning nosozligi tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Voqea sabablari hozircha aniqlanmagan. Voqea joyida tez yordam xodimlari va shifokorlar ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!