Germaniyada sudida hijob taqiqlandi: noto‘g‘ri, lekin...

Germaniyada sudida hijob taqiqlandi: noto‘g‘ri, lekin...

Germaniya Federal konstitusiyaviy sudi Gessen shahri hokimiyatining tarafini olib, bu yerdagi sudlardan birida amaliyot o‘tayotgan frankfurtlik muslima advokatga ish joyida hijob o‘rashini taqiqladi. 

Sud qaroriga ko‘ra, stajyor-yuristlar sud yoki davlat vakili bo‘lganlarida din masalalarida betaraf bo‘lishlari shart. 

Qizig‘i, sud ushbu normani ayolning diniy erkinlik huquqini buzuvchi deb topgan. Shunga qaramay, taqiq din masalalarida davlatning betarafligi kabi konstitusiyaviy qoidalarga mos keladi, deyiladi qarorda. 

2015 yilda Germaniya Oliy konstitusiyaviy sudi mamlakatning umumta’lim maktablarida hijob o‘rashning taqiqlanishi kamsitilish deb hisoblagan va taqiqni bekor qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!