Germaniya aeroportlari xodimlari ish tashlashda davom etmoqda

Germaniya aeroportlari xodimlari ish tashlashda davom etmoqda

Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasi uchuvchi va bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari sababli 1300 ga yaqin reysni bekor qildi.

Bugun, 7 noyabr kuni boshlangan ish tashlash namoyishlari ertaga ham davom etishi kutilmoqda.

8 noyabr kuni “Lufthansa”ning Frankfurt-Mayn aeroporti yaqinidagi bosh qarorgohida bort kuzatuvchilarning ommaviy namoyishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ekipaj a’zolari maoshlar oshirilishi va mehnat sharoitlari yaxshilanishini talab qilmoqda.

“Lufthansa” rahbariyati xodimlarining noroziliklarini yuridik jihatdan taqiqlashga harakat qildi. Biroq, mehnat bahslari bo‘yicha sud chorshanba kuni aviakompaniya da’vosini rad etgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning oktyabr oyida “Lufthansa” aviakompaniyasi tarmog‘idagi to‘rtta aviakompaniya, jumladan, “Eurowings” va “Germanwings” xodimlari tomonidan ish tashlash namoyishlari o‘tkazilgan edi.

O‘shanda Berlin, Myunxen, Frankfurt va Dyusseldorf aeroportlarida reyslar bekor qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!