G‘azoda to‘qnashuv: qurbonlar va yaradorlar bor

G‘azoda to‘qnashuv: qurbonlar va yaradorlar bor

Juma kuni tunda G‘azo va Isroil chegarasida Isroil qo‘shini ikki falastinlikni shahid qildi va 40 kishiga jarohat yetkazdi.

"Azon" manbasining xabar berishicha, Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘a, ikki falastinlik Akrom Muammar (26 yoshda) va Karim Abu Fatoyir (30 yoshda) Isroil o‘qidan olgan jarohat tufayli vafot etgan.

Muammar Rafah shahrida va Abu Fatoyir sharqiy chegaralardagi lagerlarda shahid bo‘lgan.

Shuningdek, 241 kishi jarohat olgan. Ulardan 40 tasi haqiqiy o‘qdan jarohat olgan bo‘lsa, qolganlari Isroil tomoni namoyishchilarga otgan zaharli gaz to‘yintirilgan bombadan zaharlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!