Bukingem saroyi ichida monarxiyaga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazildi

Bukingem saroyi ichida monarxiyaga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazildi

Buyuk Britaniyada respublika boshqaruv shaklini o‘rnatish tarafdorlari Bukingem saroyi ichida monarxiyaga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda “Daily Telegraph” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, ichkariga kirish uchun namoyishchilar sayyohlar niqobi ostida saroyga chipta sotib olgan.

Ammo harakat faollari tezda to‘xtatib qolingan va saroydan olib chiqilgan. Skotland-Yardga ko‘ra, faollarning hech biri polisiya tomonidan hibsga olinmagan.

Ilgari qirol Charlz III ning toj kiyish marosimi, shuningdek, uning mamlakatning turli hududlariga tashrifi chog‘ida respublika a’zolari norozilik namoyishlari o‘tkazgan edi. Ular o‘z chiqishlarini davom ettirish niyatida ekanini e’lon qilib, respublika boshqaruv shaklini o‘rnatishni talab qilmoqda.

“Bukingem saroyida monarxiyaga qarshi norozilik birinchi marta bo‘lib o‘tdi. Bu mamlakat fuqarolari qirollik qarorgohida hokimiyatning meros orqali o‘tkazilishiga rozi emasligini e’lon qilish orqali o‘z pozisiyalarini qanday ifodalashining ajoyib namunasidir. Charlz daxlsiz monarx emas, u tanqidlardan himoyalanmaydi va onasi (Elizaveta II) taxtda bo‘lganida monarxiyani himoya qilgan hurmatdan bahramand emas", deydi yozuvchi Grem Smit.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!