Futzal. O‘zbekiston bu safar Marokashga kichik hisobda yutqazdi

Futzal. O‘zbekiston bu safar Marokashga kichik hisobda yutqazdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi kecha Marokashga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Afrikaliklar uchrashuvning ilk daqiqalarida ancha faol harakat qilib, 5 va 6-daqiqalarda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalaridan boshlab terma jamoamiz o‘yinga qayta boshladi va 14-daqiqada Ilhom Hamroyevning goli evaziga hisobni qisqartirdi.

Terma jamoamiz tanaffusga qadar nafaqat hisobni tenglashtirishi, balki oldinga o‘tib olishi ham mumkin edi. Ammo to‘p ikki marta Marokash terma jamoasi darvozasi ustuniga tegdi.

Ikkinchi bo‘lim ham qiziqarli kechdi, ammo o‘yin oxirigacha hisob boshqa o‘zgarmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2 kun avval o‘tkazilgan ilk o‘rtoqlik o‘yinida mehmonlar 6:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

O‘rtoqlik o‘yini. Futzal.
O‘ZBEKISTON - MAROKASh - 2:6 (1:2)
Gollar: Ilhomjon Hamroyev (14ʼ) — Idris el-Fenni (5ʼ), Usmon Boumezu (6ʼ)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!