Fojia: selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchi qizni tok urdi

Fojia: selfi tushmoqchi bo‘lgan o‘quvchi qizni tok urdi

Tyumen shahrida yashovchi qiz selfiga tushishga urinish natijasida kasalxonaga yotqizildi, bu haqda 23 avgust kuni Ural transport prokuraturasida ma’lum qilindi.

O‘tgan shanba kuni kechqurun, mahalliy maktablardan birining o‘ninchi sinfida o‘qiydigan ikki o‘quvchi qiz temir yo‘lda selfi olmoqchi bo‘ldi. Qiz suratga olish uchun vagonga chiqdi, lekin tomda uni tok urdi.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, favqulodda holat yuzasidan hozirda tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!