FIFA Braziliya - Argentina o‘yini sabab ish ochdi

FIFA Braziliya - Argentina o‘yini sabab ish ochdi

FIFA Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ro‘y bergan tartibsizliklar sabab ish ochdi.

Ushbu o‘yin oldidan "Marakana" stadioni tribunasida tartibsizliklar bo‘lgan va shu sababli o‘yin vaqti ortga surilgandi.

Argentina futbol assosiasiyasi tribunadagi tartibsizliklar va o‘yin vaqti kechikishida ayblanmoqda. Braziliya futbol konfederasiyasi esa xavfsizlikni ta’minlay olmagani uchun jazoga tortilishi mumkin.

O‘yin oldidan bo‘ladigan madhiya tugagach, tribunada muxlislar o‘rtasida mushtlashuv boshlangandi. Shundan so‘ng jamoalar kiyinish xonasiga kirib ketishgan, uchrashuv esa belgilanganidan 27 daqiqa kech boshlangan. Argentina uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alabaga erishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!