Fergyuson Ronalduning JCH-2026dagi ishtirok etishga munosabat bildirdi

Fergyuson Ronalduning JCH-2026dagi ishtirok etishga munosabat bildirdi

«MYu» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Krishtianu Ronalduning JCH-2026da ishtirok eta olishiga shubha qilmoqda.

«Ronalduning 2026 yilgi turnirda ishtirok etishini tasavvur qila olmayman. Yaqin yillarda futbol yanada tezroq va jismoniy jihatdan jangovarroq bo‘ladi. Bundan tashqari, markaziy hujumchilar uchun maydondagi hududi tobora qisqarib boraveradi.

Himoyachilardan farqli ravishda hujumchilarga yosh o‘tgani sayin yuqori darajada to‘p surish qiyin.

Ronaldu uchun yangi sovrinlar alohida ahamiyatga ega bo‘lmasa kerak, chunki uning faoliyati ajoyib kechdi», - deydi Fergyuson SportBild bilan suhbatda.

Avvalroq, 39 yoshli Ronaldu bu turnir uning so‘nggi Yevropa chempionati ekanini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!