Farzandini 100 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona hibsga olindi

Farzandini 100 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona hibsga olindi

"New York Post"ning xabar berishicha, Texas fuqarosi bo‘lmish 44 yashar ona Kerri Syu Kelli 8 yashar qizini 100 dollarga pullayotib qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ona “Skelly74” niki bilan tanishuv saytida nebraskalik bitta kimsa bilan tanishib qoladi. U yangi tanishining fohishabozlik bilan shug‘ullanishini bilgach, unga 100 dollarga “yoshgina tovar” borligini aytadi. Vijdoni borligi esiga tushgan tanishi esa polisiyaga xabar berib, birgalikda operasiya boshlashadi. Rejaga muvofiq polisiya xodimi uning nomidan Kerri Syu bilan bolaning narxini kelishadi va oldi-sotdi paytida qo‘lga olishadi.

Eng qizig‘i shundaki, Kerri Syu Kellining aqlida hech qanday qusur yo‘q, u soppa-sog‘.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!