Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 7 yanvar kuni Farg‘ona viloyati, Yozyovon tuman IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida Navro‘z mahalla hududida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan M.A. to‘liq diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib, diniy idoralar ruxsatisiz 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy ta’lim berib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. U bu ishini 2023 yilning yanvar oyidan boshlagan. Fuqaroning hujrasidan 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib ko‘rishlik uchun hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro M.A.ga nisbatan O‘z.Res MJtKning 241-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!