Farg‘onada jinoyat: «Kobalt»dagi «qaroqchi bulbul»

Farg‘onada jinoyat: «Kobalt»dagi «qaroqchi bulbul»

Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Bag‘dod tumani IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida «Kobalt» rusumli avtomashinaning harakatlanishi shubha uyg‘otdi. Natijada avtomobil tumanning Yangi hayot ko‘chasida to‘xtatilib, saloni va yukxonasi xolislar ishtirokida tekshirildi. Tekshiruv paytida xodimlarning shubhasi o‘rinli ekani o‘z tasdig‘ini topdi.

"Postda.uz"ning yozishicha, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan 516 ta qutida «Treniya» hamda 16 qutida «Solovey razboynik» nomli ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Viloyat IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur buyumlarni sotib, mo‘may daromad qilish maqsadida olib ketayotgan oltiariqlik fuqaro X.U.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!