Falastinning HAMAS guruhi Isroildagi kimyoviy zavodni portlatib yubormoqchi

Falastinning HAMAS guruhi Isroildagi kimyoviy zavodni portlatib yubormoqchi

Falastinning HAMAS guruhi Isroildagi kimyoviy zavodga zarba berishini e’lon qildi. "Al Ghad" bu haqda guruh vakillariga asoslanib xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, jangarilar G‘azo sektori chegarasi yaqinida joylashgan kimyoviy zavodga hujum qilmoqchi.

"Reuters"ning ta’kidlashicha, G‘azo sektoridagi Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlariga qaramay, Falastin kuchlari tomonidan raketa hujumlari 

davom etmoqda.

Isroil harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro avj olgan paytda Falastin anklavidan Isroil hududlari tomon 1800 ga yaqin raketa otilgan, ularning deyarli to‘rtdan bir qismi – taxminan 430 tasi G‘azo sektorining o‘ziga to‘g‘ri kelgan.

Avvalroq, "Qizil yarim oy" shifokorlari Falastin va Isroil o‘rtasida o‘tgan kun davomida avj olgan vaziyat paytida Falastin hududlarida 349 kishi jarohat  olgani haqida xabar berishgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!