Evropa uchun eng katta xavf nimaligi aytildi. U Rossiya ham, qochoqlar ham emas

Evropa uchun eng katta xavf nimaligi aytildi. U Rossiya ham, qochoqlar ham emas

Gresiya prezidenti Prokopis Pavlopulos neonasizmni Yevropa uchun asosiy xavf deb bilmoqda. U Riga shahrida bo‘lib o‘tgan Arrayolush guruhi sammitidan keyin shunday fikr bildirgan.
 
Pavlopulosning ta’kidlashicha, Yevropa Parlamenti uchun 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar yevrohudud tashkil topgandan keyingi eng muhimlaridan bo‘ladi. Negaki, mintaqada neonasizm qayta uyg‘ongan.
 
“Biz bu xavf kuchayib ketmasligiga umid qilamiz. Yevropa xalqalari bir ovozdan: “No pasarán!” (ular o‘tib ketmaydi) deyishadi. Aytish kerakki biz xavfni ko‘ryapmiz”, deb ta’kidlagan greklar rahbari.
 
Prezident Pavlopulosning so‘zlariga ko‘ra, yevropaliklar kelajakda qanday Yevropa kerakligini tanlashlari lozim.
 
“Vatanparvarlik ortiga yashiringan populizm va neonazimning barcha shakllari bir maqsadga intiladi: Yevropani va deyarli butun dunyoni vayron qilgan dahshatlarni qaytarish”, degan Pavlopulos.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!