Evropa parlamenti Rossiya elchilarini chiqarib yuborish taklifini rad etdi

Evropa parlamenti Rossiya elchilarini chiqarib yuborish taklifini rad etdi

Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha deputatlarining YEI mamlakatlari poytaxtlaridan Rossiya elchilarini chiqarib yuborish va birdamlik bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirish to‘g‘risidagi taklifi Yevroparlament tomonidan rad etildi, dedi Latviyadan Yevroparlament deputati Sandra Kalniyete.

Bu qiziqarli g‘oyani Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reinsalu rasmiy Tallin Rossiya diplomatik missiyasi sonini qisqartirishga qaror qilganidan so‘ng ilgari surdi, bunga javoban Moskva Estoniya elchisini chiqarib yubordi. Litva tashqi ishlar vaziri Gabriyelius Landsbergis ham Yevropada Rossiya elchixonalari bo‘lishidan «hech qanday ma’no yo‘q», dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!