“Evro otasi” Robert Mandell vafot etdi

“Evro otasi” Robert Mandell vafot etdi

Nobel mukofoti laureati va yevroni o‘ylab topgan mashhur iqtisodchi Robert Mandell 89 yoshida vafot etdi. Bu haqida uning hamkasbi Sofiya Jonson xabar qilgan.

Professor 4 aprel kuni Italiyaning Toskana viloyatida hayotdan ko‘z yumgan. Mandell yevro asoschilaridan biri hisoblanadi. Iqtisodchi valyuta uchun teoretik asosni yaratish ustida 1960-yildan ish boshlagan.

Taniqli iqtisodchi Nobel mukofotini 1999 yilda iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha qo‘lga kiritgan edi. Robert Mandell Chikago universitetida doktorlik darajasini olgan, Stenford hamda Chikago universitetlarida dars bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!