Ertaga Toshkent I xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi

Ertaga Toshkent I xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi

Ertaga poytaxtimizda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab Toshkent I xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi.

Yurtimizda ilk marotaba tashkil etilayotgan nufuzli sport anjumanida qariyb bir yarim mingga yaqin kishi qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, Toshkent I xalqaro yarim marafoniga qiziqish juda yuqori.
Musobaqalar 5 va 21 kilometr masofaga o‘tkaziladi. Ma’lumki, marafon poygasining umumiy uzunligi 42 kilomertu 195 metrni tashkil qiladi. Biroq, ayni paytda poytaxtimizda marafon musobaqasini o‘tkazish uchun xalqaro talablarga javob beradigan yo‘l yoki trassa mavjud emas. Shu sababli Toshkentdagi musobaqa yarim marafon shaklida tashkil etilmoqda.
Dasturga muvofiq, ertaga tonggi soat 7.00dan boshlab ishtirokchilar poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi oldida to‘planishni boshlaydi. Soat 8.15da esa qatnashchilar start zonasiga yig‘ilishadi. Toshkent I xalqaro yarim marafoni esa soat 8.40da tantanali ochiladi.
Shundan so‘ng soat 9.00da 21 kilometr masofaga yugurish ishtirokchilari startga chiqadi. 5 kilometr masofaga yugurish qatnashchilari esa soat 9.10da o‘z ishtirokini boshlaydi. Har ikki masofada ham ishtirokchilar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi oldidan start oladi va marra chizig‘i ham aynan shu manzil etib belgilangan.
Toshkent I xalqaro yarim marafonining yopilish marosimi esa soat 12.00ga belgilangan.
Manba: uza. uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!