Ertadan Chexiyada favqulodda vaziyat rejimi qayta tiklanadi

Ertadan Chexiyada favqulodda vaziyat rejimi qayta tiklanadi

Chexiya hukumatining navbatdan  tashqari yig‘ilishida mamlakatda 5 oktyabrdan favqulodda vaziyat rejimini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda STK agentligi xabar berdi.

 Mamlakatda avvalgi favqulodda vaziyat rejimi 12 martdan 17 maygacha amal qilgandi.

Agentlikning xabariga ko‘ra, favqulodda vaziyat rejimi 30 kun davom etadi.

Qonunga ko‘ra, hukumat favqulodda vaziyat rejimini bir oy muddatga joriy etishi mumkin, zaruriyat bo‘lganida uni uzaytirish uchun milliy parlamentning quyi palatasiga murojaat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!