Eron Tolibondan diplomatlarinining qotillarini jazolashni talab qildi

 Eron Tolibondan diplomatlarinining qotillarini jazolashni talab qildi

Eronning ushbu talabi 1998 yil 8 avgustda Mozori Sharifda sodir bo‘lgan voqeaga dahldor. O‘shanda shahar Tolibon tomonidan bosib olingandan so‘ng, jangarilar tomonidan 9 nafar Eron fuqarosi qatl etilgan ( 8 nafar konsullik xodimi va va 1 nafar jurnalist).

Konsullikning tirik qolgan xodimining (u yashirinishga muvaffaq bo‘lgan) ko‘rsatmasiga ko‘ra, konsulxonaga toliblarga o‘xshagan bir guruh qurollangan shaxslar kirib kelgan. Chaqirilmagan mehmonlar tintuv o‘tkazganidan keyin diplomatlarni devorga tizib, otib tashlashgan. Guvohning fikricha, ular reja bo‘yicha harakat qilishgan va nimadir izlaganlar.

Tolibon o‘z jangarilarining voqeaga aloqadorligini rad etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!