Erkak kishi platina (oq oltin)dan yasalgan soat taqishi mumkinmi?

Erkak kishi platina (oq oltin)dan yasalgan soat taqishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohim.
Platina tilla aralashtirilmagan, sof holatida bo‘lsa, bunday soatlarni erkaklar taqishi joiz. Ba’zilar uni "oq oltin" deb atashlari zarar qilmaydi. Chunki sof platina oltin hisoblanmaydi.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, oltin qotishmasi tarkibiga nikel yoki palladiy qo‘shilsa ham oqish rangli oltin yuzaga keladi. Buni esa erkaklar soat yoki uzuk sifatida ishlatishlari joizmas. Shuning uchun sof platina yoki oq rangli oltinni ajratib olish uchun soha mutaxassislariga murojaat qilinadi. Vallohu a’lam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!