Erdo‘g‘an va Tramp Qoshiqchi masalasi bo‘yicha telefon orqali suhbatlashdi

Erdo‘g‘an va Tramp Qoshiqchi masalasi bo‘yicha telefon orqali suhbatlashdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi masalasi borasida telefon orqali suhbatlashdi.

Prezident matbuot xizmatining bayonotiga ko‘ra, ikki davlat prezidentlarining Qoshiqchi masalasida fikrlari bir joydan chiqqan.

Qoshiqchini oxirgi marta 2 oktyabr kuni Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulxonasiga kirib ketayotganini ko‘rishgan. Shundan bir muncha kunlar o‘tsa ham qaytib chaqmaganidan keyin Ichkarida unga nisbatan siuqasd qilingan degan shubhalar paydo bo‘la boshlagandi.

Qoshiqchining yo‘qolgan kuni ikkita samolyotda 15 nafar saudiyalik, jumladan, bir necha rasmiylar Istanbulga kelishgan va ular Elchixona ichida bo‘lishgan. Qotillikdan so‘ng ular Turkiyani tark etishgan.

Payshanba kuni Turk-Saudiya qo‘shma guruhi bu ish bo‘yicha tergovi, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulxonasining bosh konsuli topilishi bilan yakunladi.

Yakshanba kuni ertalab Prezident Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni Jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi yuzasidan parlament yig‘ilishida bayonot berdi.

Manbalarning xabar qilishicha, ikkala davlat rahbarlarining muloqotning asosiy mavzusi pastor Endryu Branson, terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik va Suriyaning «Manbij» yo‘l xaritasi bo‘lgan.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!