Engilmas bokschidan invalidgacha bir jang

Engilmas bokschidan invalidgacha bir jang

Kecha bokschi edi, bugun esa invalid? Qanday qilib bitta jang yosh chempionning hayotini o‘zgartirib yubordi?

Mazkur videoni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rmagan odam bo‘lmasa kerak, bu professional bokschi Prichard Kolon. Xo‘sh, u qanday qilib bu holatga kelib qolgan?

Bundan 9 yil avval iqtidorli Pritchard Kolon amerikalik Terrell Uilyamsga qarshi shov-shuvli jang o‘tkazgan, shundan so‘ng u komaga tushib qoladi va o‘shandan beri to‘shakka mixlanib yotibdi. Biz Virjiniyadagi o‘sha jangning dahshatli tafsilotlarini eslaymiz va professional sport olami qanchalik xavfli ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tamiz. To‘gri, professional sportda gonorar yuqori bo‘lishi mumkin, lekin shunga yarasha hayotingizni katta xavf ostiga qo‘yishingizga to‘gri keladi.

Pritchard o‘zining professional faoliyatini 2013 yilda boshlagan, bunga qadar qatorasiga besh marta Puyerto Riko chempioni bo‘lgan. Kolon professional boksdagi debyutida nokaut bilan g‘alaba qozonadi. Keyin ketma-ket jang o‘tkaza boshlaydi hamda ularning aksariyat qismi muddatidan oldin yakunlaydi.

Mag‘lubiyatga uchramagan sportchining karyerasi tezlik bilan yuqoriga ko‘tarildi va Pritchardning 17-professional jangida o‘sha noxush voqea sodir bo‘ladi. Jangning birinchi daqiqalaridan boshlab Uilyams raqibi boshining orqa qismiga zarbalar bera boshlaydi, hakam esa bunga e’tiborsizlik qiladi. Bunday zarbalar "quyon zarbalari" deb nomlanadi. Odatda fermerlar ushbu texnikadan foydalanadi. Jonivorlarning qimmatbaho yunggiga zarar yetkazib qo‘ymaslik uchun quyonlarni boshning orqa qismiga kuchli zarba bergan holda o‘ldirishadi.

Biroq, boks ringida bunday zarbalar taqiqlangan. Sababi oddiy - ular juda xavflidir. Va odatda, ulardan foydalanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri diskvalifikasiyaga olib keladi. Ammo o‘sha jangda hakam nafaqat Uilyamsni diskvalifikasiya qilishga shoshilmadi - hatto undan ochko ham olib tashlagani yo‘q!

Pritchard hakamga raqibining "noqonuniy" zarbalariga ishora qildi, ammo u hech qanday reaksiya bildirmadi. Keyin Kolonning jahli chiqib qasos sifatida raqibining beldan past qismiga urdi. Va - mana "syurpriz" - Pritcharddan darhol ikkita ball olib tashlanadi.

Faqat yettinchi raundda hakam Uilyamsni boshning orqa qismiga muntazam zarbalar bergani uchun jazolashga qaror qildi. Shu bilan birga, Kolon shifokorga bosh aylanayotgani haqida ishora qildi, ammo jangni davom ettirdi. To‘qqizinchi raundda ilgari hech qachon nokdaunga uchramagan Pritchard uch daqiqa ichida ikki marta nokdaunga uchradi. O‘rnidan turib, Kolon o‘z burchagiga yo‘l oldi, u yerda uning jamoasi jang to‘xtatilgan deb o‘ylab, bokschining qo‘lqoplarini yechishni boshladi. Biroq, bunday bo‘lmadi va g‘alaba Uilyamsga yozilib, Pritchard diskvalifikasiya qilindi.

Qahramonimiz kiyinish xonasiga qaytib kelgach, shifokorlar va jamoadoshlariga o‘zini yomon his qilayotgani aytadi va yiqilib tushadi. Bokschi miyasi shikastlangan holda kasalxonaga yotqizildi, u operasiya qilindi, shundan so‘ng komaga tushib, olti oydan ko‘proq vaqtni palatada o‘tkazdi. Kolon hech narsani sezmaydigan odam sifatida komadan chiqdi. Bir paytlar u "kapalak kabi miltillagan va ari kabi chaqqan". Ammo hozir, qariyb yetti yil davomida sportchi normal gapirish va harakat qilish qobiliyatidan mahrum bo‘lib, to‘shakda yotibdi.

Afsuski, bu holat professional boksdagi yagona holat emas va sodir bo‘layotgan voqealarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Boks rasmiylari bunday dahshatli oqibatlarga olib kelgan barcha xatolarni hisobga olishlari va sportni xavfsizroq qilish uchun harakat qilishlari kerak. To‘g‘ri, siz qoidalarga muvofiq boks o‘tkazish uchun sportchilarga murojaat qilishingiz shart emas, balki sportchilarning sog‘lig‘i uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari kerak bo‘lgan ringdagi hakamlarga murojaat qilishingiz kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!