Energetiklarga qarshi 25 ta jinoyat ishi ochildi

Energetiklarga qarshi 25 ta jinoyat ishi ochildi

Prokuratura 1 avgust holatiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 1,9 mlrd zarar yetkazilganlik holati bo‘yicha energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmat xabar bermoqda.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «talon-taroj qilish», «firibgarlik», «elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish», «mansab vakolatini suiiste’mol qilish», «soxtalashtirish» va boshqa moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning aybdor shaxslariga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlangan.

Hozirgi vaqtda yetkazilgan zarardan 116,3 mln so‘mi energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning hisob-raqamlariga qaytarilgan.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 21,1 mln so‘m miqdorida zarar yetkazganlik holati bo‘yicha Zirabuloq magistral gaz tarmog‘i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!