Endi o‘zbekistonliklar Turkiyada vizasiz 90 kun qolishlari mumkin

Endi o‘zbekistonliklar Turkiyada vizasiz 90 kun qolishlari mumkin

Turkiya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartib yanada yaxshilanganini ma’lum qildi. 

O‘zbekistonliklar shu paytgacha Turkiyada vizasiz 30 kun qolishlari mumkin edi, endi bu muddat 90 kunga chiqarildi. Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an 2018 yilning 10 noyabr kuni imzolagan 327-sonli qarorga ko‘ra, bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Turkiyada 180 kun davomida ko‘pi bilan 90 kun vizasiz qolishlariga ruxsat beriladi. 

Mazkur qaror Turkiya hukumatning rasmiy nashri hisoblanuvchi “Rasmiy gazeta”da bugun, 11 noyabrda e’lon qilindi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!