Endi O‘zbekistonda bo‘yi baland harbiylarga qo‘shimcha ovqat beriladi

Endi O‘zbekistonda bo‘yi baland harbiylarga qo‘shimcha ovqat beriladi

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 sm va undan baland bo‘lgan harbiy xizmatchilar qo‘shimcha oziq-ovqat payogi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda DXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorning 30-moddasida ushbu imtiyozning berilish shartlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, harbiy vrachlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, bo‘yi 190 sm va undan yuqori bo‘lgan harbiy xizmatchilarga qo‘shin turiga qarab, beriladigan oziq-ovqat payogining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha berilishi ko‘zda tutilgan.

Oziq-ovqat payogi o‘rnida beriladigan badal pullari, ya’ni bir oyda eng kam ish haqining 3 barobari (669000 so‘m) miqdorida qo‘shimcha payoksiz to‘lab beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!