Endi bo‘lajak kelin-kuyovlar 16 soatlik maxsus kurslarda o‘qishadi

Endi bo‘lajak kelin-kuyovlar 16 soatlik maxsus kurslarda o‘qishadi

Guliston shahridagi Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi da o‘quv kurslari boshlandi. Bu haqda Xalq so‘zi onlayn yozmoqda.

- Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi mustahkam va namunali oilalar ko‘payishiga sezilarli hissa qo‘shishiga shubha yo‘q, deydi mazkur Nikoh uyi mudirasi Lola Muratova.- Bu yerda bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar uchun oilaviy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti, ro‘zg‘or va byudjetini yuritish, oiladagi ijtimoiy muhim, nikoh munosabatlari, sog‘lom turmush tarzi, gender masalalari, oilaviy munosabatlarni uyg‘unlashtirish va nizolarning oldini olish, muloqot madaniyati, huquqiy munosabatlar, oilani idora etish kabi masalalar yuzasidan mahorat darslari o‘tiladi.Mavjud o‘quv dasturlaridagi ma’lumotlar ilmiy-uslubiy jihatdan, ya’ni milliy qadriyatlar asoslarining zamonning fan va jamiyat taraqqiyoti tendensiyalari bilan, psixologiya va boshqa ijtimoiy-huquqiy sohalardagi yangiliklari innovasiyalari bilan uyg‘un holda amalga oshiriladi.

Innovasion maktabda FHDYo bo‘limlariga nikoh uchun ariza topshirganlardan tashqari turmush qurishni rejalashtirayotgan yigit-qizlar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchi o‘quvchilari uchun qisqa muddatli axborot sessiyalari ham tashkil etiladi. Qizlar uchun Oila markazi tomonidan ishlab chiqilgan Oila mobil ilovasi, kelin-kuyovlarga esa Mustahkam oilaga yo‘llanma yon daftarchalari taqdim qilinadi. Shuningdek, masofadan o‘qitish va maslahat berish shakllari ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovasion maktablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2018 yil 2 fevraldagi Xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Farmoni va 2018 yil 27 iyundagi O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!