Endi abituriyentlar ona tili, tarix, matematika va 2 ta ixtiyoriy fandan imtihon topshiradimi?

Endi abituriyentlar ona tili, tarix, matematika va 2 ta ixtiyoriy fandan imtihon topshiradimi?

2020/21 o‘quv yilidan boshlab barcha abituriyentlarning ona tili, tarix, matematika va 2ta ixtiyoriy fandan imtihon topshirishi rajalashtirilmoqda.

Bu haqda DTM boshqarmasi rahbari Sevara Zufarxo‘jayeva O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida gi qaror loyihasi bo‘yicha Davlat test markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Sevara Zufarxo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, abituriyentlar test fanlari majmuasini ikki bo‘limga ajratib, ya’ni 3ta majburiy ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika hamda o‘qish yo‘nalishiga qarab 2ta ixtiyoriy fandan imtihon topshirishi nazarda tutilmoqda.

Hozirda shu kuzda jamoat muhokamasiga taqdim etiladigan hujjat loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!