Bugun Toshkentda «Yangi davrda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik» mavzusidagi konferensiya gibrid formatda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilda kutilayotgan ikki tomonlama muhim tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda Xitoy va O‘zbekistonning siyosiy-diplomatik doiralari, yetakchi tahlil markazlari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov konferensiya ishtirokchilariga murojaatida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Birinchidan, uning ta’kidlashicha, bu ikki tomonlama strategik muloqotni yanada mustahkamlashdir. Bu umumiy pozisiyalar va xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar bo‘yicha manfaatlarni ilgari surish uchun mintaqaviy va global tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirishni anglatadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishi uchun qulay tashqi sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ikkinchidan, ekspertning ta’kidlashicha, yangi iqtisodiy muloqotni shakllantirish va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash orqali savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishning ob’ektiv zarurati bor.
Mutaxassisning ishonchi komilki, bunga sanoat kooperasiyasini mustahkamlash, o‘zaro sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni mutanosib ravishda oshirish, samarali savdo-logistika infratuzilmasini barpo etish orqali erishish mumkin.
Shu munosabat bilan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni uchinchi davlatlar bozorlarida sotish uchun iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlariga Xitoy sarmoyasini jalb etishdan manfaatdorlik bildirildi.
Uchinchidan, E. Aripovning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy transport va logistika kommunikasiyalarini rivojlantirish, mamlakatlar iqtisodiyotlarining jahon bozorlari uchun ochiqligi, ularning iqtisodiy markazlar bilan aloqalarini rivojlantirish muhim yo‘nalish hisoblanadi.
Buning uchun ekspert mavjud transport yo‘laklarini rivojlantirish va yangilarini ochish, jumladan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil va temir yo‘li, Trans-Afg‘on yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini amalga oshirish nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
SMTI vakili «yashil energiya» ga muvozanatli va izchil o‘tish eng muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda, deya fikr bildirdi.
Bu borada Xitoyning boy tajribasi va sarmoyasini qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga jalb etish, qishloq xo‘jaligi, yashil iqtisodiyot kabi sohalarga zamonaviy resurslarni tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish muhim rol o‘ynashi mumkin, deb hisoblaydi.
-Buning uchun allaqachon yetarli asos bor. O ’tgan yili Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida Xitoy kompaniyasi rekord muddatda umumiy quvvati 1000 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh stansiyasining birinchi bosqichini qurishni yakunladi”, — deya xulosa qildi Eldor Aripov.
Eslatib o‘tamiz, SMTI tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan konferensiyada siyosat, xavfsizlik, savdo-investision va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi – Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tahlil qilish va o‘rganishga qaratilgan Xitoydagi yetakchi tadqiqot instituti. U 1989 yilda tashkil etilgan. U XXR rahbariyatiga Xitoy va Yevroosiyo makonidagi mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida axborot, maslahatlar va siyosiy tavsiyalar beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Реал" таркиби келаси ёзда Ибраима Конате билан тўлдирилиши мумкинлиги айтилганди. Бир кун аввал бир нечта нуфузли журналистлар мадридликлар "Ливерпуль" ҳимоячиси номзодидан воз кечгани ҳақида хабар тарқатган эди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Таҳлилларга кўра, Россияда ёшларнинг йирик шаҳарларга оммавий кўчиши, инфратузилманинг етарли ривожланмагани ва аҳолининг кескин қариши сабабли юзлаб кичик шаҳарлар яқин йилларда умуман харитадан йўқолиб кетиши мумкин.
2023-йил октябридан бери Исроилнинг Ғазо секторига ўтказган ҳужумларида 70 125 киши ҳалок, 171 015 киши яраланган. Сўңгги 24 соат ичида ўт очишни тўхтатиш келишувидан кейин янги ҳужумларда 366 киши ҳалок бўлди.
Der Spiegel ёзишича, Европа раҳбарлари Украина президенти Владимир Зеленскийни Вашингтоннинг эҳтимолий хатти-ҳаракатларига нисбатан эҳтиёткор бўлишга чақирган.
Швейцариянинг Женева шаҳрида Атроф-муҳитга таъсирни трансчегаравий контекстда баҳолаш тўғрисидаги Конвенция (Эспо конвенцияси) ва Стратегик экологик баҳолаш (СЭБ) протоколи доирасида Атроф-муҳитга таъсирни баҳолаш (АМТБ) ва СЭБ бўйича Ишчи гуруҳнинг 13-йиғилиши (1–3 декабр) бўлиб ўтмоқда. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик экспертизаси маркази директори Ғайрат Маҳамедов бошчилигидаги делегация ҳам иштирок этди.
Ўзбекистоннинг Актау шаҳридаги Бош консуллиги қўшни Қозоғистон Республикасида давлат чегарасини ноқонуний кесиб ўтиш ҳолатлари ортиб бораётгани ҳақида огоҳлантирди.
Грузия полицияси намойишчиларга қарши “камит” номи билан танилган бромбензилцианид кимёвий моддасини қўллаган. BBC ушбу хулосага намойишчиларнинг кўрсатмалари, кимёвий қуроллар бўйича экспертларнинг фикрлари, Грузия ИИВ махсус бўлинмасидаги манбалари ва шифокорларнинг маълумотларини ўрганганидан сўнг келди.
Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабарига кўра, Керхе тўғонида сув сатҳининг кескин пасайиши оқибатида тўғон орқали электр энергияси ишлаб чиқариш тўхтаган.