Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aylanmasi fosh etildi

Yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari aylanmasi fosh etildi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida muntazam tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro N.X. giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.X.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 10 kg. 395 gr. marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat bo‘yicha N.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

Yana bir holatda DXX viloyat boshqarmasi tomonidan Urgut tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan X.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davomida X.J.ning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda uy yerto‘lasida 600 gramm bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasi ko‘milgan holda saqlab kelinayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!